4 4 1024x1024 1

Team

Uydan chiqmasdan o’rganing.

Mohirdev.uz – har kimga, hamma joyda ilm olish imkoniyatini beruvchi ta’lim platformasidir. Saytga qo’yilgan kurslar mobil, veb dasturlash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, suniy intellekt kabi mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Hozirda platformadan 50000 dan ortiq foydanuvchi ro’yxatdan o’tgan.

Dasturlash kurslaridagi tillar: Python, Javascript, Html Css Boostrapp, Flutter, C++ va boshqalar.

Bizning platformamizga qo’yilgan har bir kurs tajribali mutaxasislar tomonidan tayyorlanadi. Ularning bir nechtasi xususiy va davlat ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib, yoshlarga bilim berib kelishmoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani Bog’ishamol ko‘chasi, 90 uy. STIR 308980674, THSHT 152, DBIBT 79994, IFUT 63120,

Mohirdev tarixi

Mohirdev.uz ishga tushdi

Iyul, 2021

5 ta praktikum kurslari ochildi

Sentyabr, 2021

Xalqaro Seedstars startaplar tanlovi final bosqichiga chiqildi

Dekabr, 2021

$500,000 investitsiya jalb qilindi

Dekabr, 2021

Mohirpool loyihasi ishga tushdi

mart, 2022

Praktikumlar soni 12 taga yetdi

iyun, 2022

Nashrlar biz haqimizda

Azon.uz: “Mohirdev” platformasi $500 000 investitsiya jalb qildi!

Spot.uz: Mohirdev: qanday qilib Malayziya universiteti o’qituvchisi o’zbek tilidagi ta’lim startapini ishga tushirdi va $500 000 investitsiya jalb etdi

Kun.uz: O‘zbekistonlik dasturchilar yaratgan ta’lim platformasi mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarlik xalqaro tanlov finaliga chiqdi

Mohirdev Praktikum

Odatiy dasturlash kurslaridan tashqari, Mohirdev platformasida Praktikum kurslari ham yo’lga qo’yildi. Praktikum darslari bir nechta kurslardan tashkil topgan bo’lib, o’rganuvchilarni 0 dan junior darajasidagi mutaxasislar qilib tayyorlaydi. Kurslar o’rtacha 4 oydan 9 oygacha davom etib, o’qituvchilar bilan zoom orqali uchrashuvlar tashkil qilinadi.

Hozirda davom etayotgan Praktikumlar ro’yxati:

Data Science va Suniy Intellekt – Dr. Anvar Narzullaev va Mansurbek Abdullayev
NodeJS (Backend) – Bexruz Xolmuminov
.NET – Elbek Normurodov
Frontend – Muhammadjavohir Sur’atov
Full Stack Python – Jahongir Rahmonov, Anvar Narzullaev
iOS & Swift – Yunus Sadullaev
Android & Kotlin – Zohidjon, Akbarov, Maxmudjon Qalandarov
Full Stack Java – G’ayratjon Rayimjonov va Azizbek Husenov
Robototexnika – Azizbek Xolmanov
Quality Assurance – Muhammadaziz Xoliqberdiyev, Abdufattoh Abdurahmonov
Project Management – Abdulla Xaydarov
Digital Marketing & eCommerce – Muhammad Xalil va Muslim Rahmonov
UX/UI dizayn – Ismoil Safarov
SMM Dizayn – Ismoil Safarov

Dasturlash olamiga Mohirdev bilan sayohat qiling.

Boshlovchilar uchun foydali bloglar: