Maʼlumotlar Tuzilmasi va Algoritmlar har bir dasturchi bilishi lozim bo’lgan eng dolzarb mavzulardan. Dasturchi sifatida sizning asosiy vazifangiz ma’lumotlarga ishlov berish.
Ma’lumotlar matn, rasm, video, audio va hokazo ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar tuzilmasi bizga ma’lumotlarni saqlashda kompyuter xotirasidan unumli foydalanishni, algoritmlar esa ma’lumotlarga ishlov berishning samarali tez va usullarini o’rgatadi.
Kurs davomida siz turli ma’lumotlar tuzilmalari, ularning qo’llanilish sohasi, afzalliiklari va kamchiliklari bilan yaqindan tanishasiz. Shuningdek, turli muammolar uchun yechim bo’ladigan algoritmlarni solishtirishni, baholashni va eng muhimi yechimlar orasidan eng optimalini topishni o’rganasiz.
Ushbu kurs dasturlash asoslarini biladigan va algoritmlarni tushunishni istagan har bir kishiga mo’ljallangan. Ehtimol sizda allaqachon dasturlash muammosi bor va siz bu muammoga algoritmik yechim topishga harakat qilayotgandirsiz. Yoki siz algoritmlarning nima uchun foydali ekanligini tushunishni istaysiz. Demak kursimiz siz uchun.