1. WEB haqida
Bu darsda WEBni qanday ishlashini ko'rib chiqamiz. Ya'ni brauzerni ochib, veb saytni nomini kiritib, "enter" tugmasini bosgandan boshlab to sizlargacha veb sayt qanday yetib kelishini tushunib olamiz. Undan tashqari veb saytda HTML, CSS va JS larni vazifa va o'rnini ko'rib chiqamiz.
2. Kirish
Bu videoda biz HTML tilidan foydalanib o'zimizning birinchi veb sahifamizni yaratamiz.
3. Development Environment (Dasturlash Muhiti)
Bu dars davomida biz dasturlash muhiti nima ekanligi va u qanday qilib veb sayt yaratishni osonlashtirib berishini ko'rib o'tamiz. Undan tashqari, videoda dasturlash muhitini o'zimizga qanday o'rnatishni ko'rib chiqamiz. Dars oxirida sizlar veb sayt yaratish uchun kerak bo'ladigan barcha dasturlarga ega bo'lasizlar.
4. Hujjat strukturasi va «!DOCTYPE»
Bu videoda HTMLda veb sahifa yaratish uchun ishlatiladigan hujjat strukturasini ko'rib chiqamiz va bu strukturani keyingi darslarimizda ham ishlatib boramiz. Undan tashqari, "!DOCTYPE" nima ekanligi va nima uchun ishlatilishini ko'rib chiqamiz.
5. Elementlar va «attribute»lar
Bu darsda biz HTMLda elementlar va "attribute"lar nima ekanligini ko'rib chiqamiz. Amalda kod yozib, yanada yaxshiroq tushunib olamiz.
6. «Headings» (Sarlavhalar)
Bugungi dars HTMLda "headings" ya'ni sarlavhalar qanday yaratilishi va ularning vazifalarini ko'rib chiqamiz.
7. «Paragraphs» (Xatboshilar)
Bugungi darsda HTMLda "paragraphs" ya'ni xatboshilar (абзацы) qanday yaratilish va ularning vazifalarini ko'rib chiqamiz.
8. Styles (Stillar)
Bu video davomida biz HTMLda elementlarga CSS xossalari yordamida "style" berishni ko'rib chiqamiz.
9. Formatting (Formatlash)
Bu videoda biz HTML yordamida mattni formatlashni, ya'ni matnga effektlar berishni ko'rib chiqamiz. Umumiy hisobda 5 ta yangi "tag"ni ko'rib chiqamiz.
10. Comments (Izohlar)
Bugundi darsda HTMLda izohlar (comments) qanaqa yaratilishi va ularning vazifalari haqida gaplashib o'tamiz.
11. CSS 1-qism
Bu videoda CSS yordamida elementlarimizga "style" berishni ko'rib o'tamiz va dars davomida "style" berishning ikkita usulini ko'rib chiqamiz.
12. CSS 2-qism
Bu dars davomida CSS yordamida "style" berishning uchinchi, eng ko'p ishlatiladigan usulini o'rganib olamiz.
13. Links (Havolalar)
HTMLda bir veb sahifadan ikkinchi veb sahifaga o'tish mumkin va bu havolalar orqali amalga oshiriladi. Bugungi darsimizda, aynan shu links (havolalar) haqida gaplashamiz.
14. Images (Rasmlar)
Dars davomida veb sahifamizga HTML yordamida qanday qilib rasm qo'yishni ko'rib chiqamiz.
15. «Tables» (Jadvallar)
Dars davomida HTMLda jadval yaratishni ko'rib chiqamiz va jadval yaratishga oid bo'lgan yangi "tag"lar bilan tanishib chiqamiz. Jadvallar ozgina qiyinroq mavzu hisoblanadi, agar savolingiz bo'lsa izohlar qismida qoldirib keting.
16. Lists (Ro’yhatlar)
Dars davomida HTMLda ikki turdagi ro'yhatlar (lists) yaratishni ko'rib chiqamiz.
17. «ID»
Bugungi darsda HTMLda "style" berishning yangi usulini ko'rib chiqamiz va "ID"larni vazifasini tushunib olamiz.
18. «Class»
Dars davomida HTMLda "Class"ni "ID"dan farqi va ular yordamida "style" berishni o'rganib olamiz.
19. «Block» va «Inline» elementlar
Bugungi darsda elementlarning ikki asosiy turi: "block" va "inline" elementlarni ko'rib chiqamiz va ularni farqini tushunib olamiz.
20. «div» va «span»
Bu video eng "block" va "inline" elementlar yaratishda eng ko'p ishlatiladigan "div" va "span" taglarini ko'rib chiqamiz.
21. «Forms» 1-qism
Bugungi video HTML yordamida qanday qilib formalar yaratishni ko'rib chiqamiz. Dars oxirida veb sahifangiz uchun "login" formasini yaratishni o'rganib olasizlar.
22. «Forms» 2-qism
Bu darsda yana formalar haqida gaplashamiz va "input" "tag"ining yangi turlarini o'rganib olamiz.
23. «Forms» 3-qism
Bu video formalar bo'yicha oxirgi dars hisoblanadi va video davomida yangi forma elementlarini o'rganib olamiz.
24. «Layout» va «Semantics»
Bugungi darsda HTMLda "Layout" va "Semantics" nima ekanligini ko'rib o'tamiz. Dars ozgina tushunishga qiyin bo'lishi mumkin, ayniqsa "Semantics" qismi. Agar tushunarsiz joyi yokida savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirib keting.
25. «Head»
Bu video davomida HTMLning "Head" elementlarini ko'rib chiqamiz.
26. Audio, Video va Youtube
Bugungi darsda veb sahifamizga qanday qilib audio, video va Youtube videolarini yuklashni o'rganib olamiz. Bu bizning kurs davomida o'rgangan oxirgi "tag"larimiz bo'ladi.
27. «Best practices»
Dars davomida biz "Best practices" iborasi nimani anglatishi va HTMLda asosan amal qiliniladigan "best practices"larni ko'rib chiqamiz.
28. Loyiha («Project»)
Bu kursning oxirgi videosi va dars davomida biz o'zimizning "portfolio" loyihamizni yaratib chiqamiz. Dars oxirida esa, keyingi rejalar haqida gaplashib o'tamiz.