Mohirdev qanday kompaniya?

Mohirdev.uz – har kimga, hamma joyda ilm olish imkoniyatini beruvchi ta’lim platformasidir. Saytga qo’yilgan kurslar mobil, veb dasturlash, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashsuniy intellekt kabi mavzularni o’z ichiga qamrab olgan. Hozirda platformadan 15000 dan ortiq foydanuvchi ro’yxatdan o’tgan.

Mohirdevda ta’lim qanday shaklda olib boriladi?

Mohirdev platformasidagi barcha kurslar onlayn videodarslardan iborat. Darslarni istalgan payt, xohlagan joyingizda ko’rishingiz mumkin.

Qanday turdagi kurslar mavjud?

Mohirdev.uz platformasida bepul va pullik kurslarni topishingiz mumkin. O’z navbatida pullik kurslar tezkor va praktikum kurslariga bo’linadi.

Bepul kurslar: Bepul kurslar – Mohirdev ta’lim platformasi

Pullik kurslar: https://telegra.ph/Pullik-barcha-kurslar-royxati-12-29

Tezkor va Praktikum kurslarining farqi nimada?

Biz taklif qiladigan tezkor kurslar asosan qisqa vaqtga mo’ljallangan bo’lib, biror texnologiyani o’rganishga qaratilgan. 

Praktikum kurslari esa 3 oydan 9 oygacha davom etib, bir nechta kurslardan iborat mutaxassislikka tayyorlaydigan kurslardir. Ya’ni bir to’liq soha to’liq o’rgatiladi. Shu sabab praktikum kurslarining davomiyligi uzoq vaqtni oladi.

Praktikum kurslarining narxi 1.5 mln ekan. Bu summa umumiy kurs uchunmi?

Ha bu summa umumiy kurs uchun.  1 marta to’lanadi.

 Kurslarda o’qish uchun boshlang’ich bilim talab qilinadimi?

Bizning deyarli barcha kurslarimiz aynan boshlang’ich o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan. Shu sabab hech qanday bilim talab qilinmaydi kursni boshlash uchun.

Kurslarni tamomlaganimdan keyin, ish topa olamanmi?

Praktikum kurslarimizda ishga kirishga kerakli barcha texnologiyalar o’rgatiladi. Lekin  ishga kirish yoki kirmaslik barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechim topish kabi ko’nikmalar moashingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi.

 Kurslar qanday tartibda o’tiladi?

Praktikum kurslarimiz ham videodarslar va yopiq guruhga ega. Bundan tashqari, praktikum kurslarida o’qituvchi bilan ZOOM orqali jonli uchrashuvlar ham tashkil etiladi. *uchrashuvlar talabga qarab tashkil etiladi.

Tezkor kurslarimiz videodarslardan iborat. Yopiq guruhlar tashkil qilingan. U yerda o’qituvchidan savol so’rashingiz yoki siz kabi o’rganayotgan o’quvchilar bilan biror masalani muhokama qilishingiz mumkin.

Videodarslarni yuklab olsa bo’ladimi?

Videodarslarni yuklab olish taqiqlanadi. Bu videodarslarni noqonuniy tarqalib ketishini oldini olish uchun qilingan chora hisoblanadi. Barcha videodarslar “Mohirdev” MCHJning intellektual mulkidir.

 Sotib olingan kursdan qancha muddatgacha foydalanish mumkin?

Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.

Kursdan ikki va undan ortiq kishi foydalanishi mumkinmi?

Afsuski yo’q faqat bir kishi foydalanishi mumkin.

Praktikum kurslarining alohida bitta modulini xarid qilish mumkinmi?

Bunday imkoniyat mavjud emas.

Kurslarni bo’lib to’lash orqali xarid qilish mumkinmi?

Xa, ZoodPay orqali kurslarimizni foizsiz 4 ga bo’lib xarid qilishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot: https://mohirdev.uz/zoodpay

Kurslarga qanday to’lov qilish mumkin?

Mohirdev.uz saytidagi kurslarni to’g’ridan-to’g’ri CLICK, Payme, VISA, Mastercard orqali xarid qilishingiz mumkin.

Chet eldaman. Kurslarga qanday to’lov qilaman?

VISA yoki Mastercard orqali to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. To’lov usullari orasidan PayBox’ni tanlang va to’lovni amalga oshiring. VISA va Mastercard to’lovlari Paybox kompaniyasi orqali tashkil qilingan. Kompaniya barcha sertifikatlarga ega.

Kurslarga qanday chegirmalar mavjud?

Praktikum kurslarimizni xarid qilgan o’quvchilar 2-praktikum kursini sotib olsa, 2-praktikum kursiga 30% chegirma beriladi. Batafsil ma’lumot: https://mohirdev.uz/chegirmalar/

Nogironligi bor shaxslarga kurslar bepul beriladimi?

Xa, Mohirdev platformasi nogironligi bor shaxslarga o’z kurslarini bepul taqdim etadi. Batafsil ma’lumot: https://mohirdev.uz/imtiyoz

Qo’shimcha savollarim bor. Qanday bog’lanaman?

Bizning telefon raqam: +998 91 005 66 00