
iOS dasturlashni o’rganish kerakmi?
- iOS dasturchisi bo’lishning bir nechta ustunliklari bor: yuqori talab, yuqori maosh va odamlar muammolariga yechim berishga qaratilgan ish. IT mutaxssislar yetishmovchiligi butun dunyoda kuzatilmoqda. Bu iOS dasturlashni ham chetlab o’tmagan.
iOS dasturlashni o’rganish qiyinmi?
- Agar sizda anqi maqsad va sabr-toqat bo’lsa, dasturlashni o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Til o’rganish bo’ladimi yoki dasturlash, farqi yo’q – shuni yodda tutishingiz kerakki, bu sayohat. Kodlash juda ko’p debuggingdan tashkil topgan sayohat desak bo’ladi.
Python o’rganaymi yoki Swift?
- Swift va Python ko’p tomonlama farqlanasada, Swift tezroq ishlashi bilan ajralib turadi. Agar Apple OS uchun dastur yaratayotgan bo’lsangiz, Swiftni tanlashingiz mumkin. Agar sun’iy intellekt yoki backend bilan ishlayotgan bo’lsangiz, Pythonni tanlaysiz.
iOS dasturchilarga talab bormi?
- Juda ko’p kompaniyalar, banklar, elektron bozorlar, moliyaviy tashkilotlar kabilar mobil foydalanuvchilarni birinchi o’ringa qo’yayotgani bois, Apple mobil qurilmalari uchun dastur yaratidan iOS dasturchilariga talab oshsa oshadiki, yo’qolmaydi.
iOS dasturlash veb dasturlashdan osonroqmi?
- Umuman, dasturchilik oson emas. Odatda biz boshlang’ich o’rganuvchilarga veb dasturlashni o’rganishni tavsiya qilamiz. Parse va Swift iOS dasturlashni osonlashtirgan bo’lsada, boshlovchilarning veb dasturlashga kirishib ketishi haligacha osonroq deb hisoblanadi.
Swiftni o’rganish kerakmi?
- Swift dasturlash tili Objective-C ga qaraganda yangiroq til hisoblanadi. Swiftda kod yozishni bilish, sizga mobil dasturlar, Mac va boshqa Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzish imkonini yaratadi.
iOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi?
- 1 yoki 2 yil ketishi mumkin bunga. Agar sizdda yetarlicha vaqt bo’lsa, bundan ham tezroq iOS dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Bir necha oyda fundamental bilimlarni egallab, to-do list ga o’xshash dasturlarni egallashingiz mumkin.
Qanday o’rganish mumkin?
- iOS Praktikum kursimiz (http://mohirdev.uz/ios) bilan Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzishni o’rganasiz. Katta va kichik loyihalar qilib, o’z portfoliongizni shakllantirasiz.