
Python.. Undan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?
Avvalo, hech qaysi til unviversal emas, ya’ni hamma joyda ishlatib bo’lmaydi. Vaziyatga qaraladi. Python tili ham bundan mustasno emas.
Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin? Bular:
- API ishlab chiqish
- Data Science / Sun’iy Intellekt
- Scripting
Har biriga alohida to’xtalsak.
API ishlab chiqish
API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask.
Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi.
- Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin.
- Django. Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin.
Data Science / Sun’iy Intellekt
Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.
Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.
Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:
- Sotuv bashorati;
- Tilni qayta ishlash;
- Hissiyot tahlili;
- Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);
- Tasniflash;
- Computer vision;
Va boshqalar.
Scripting
Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.
Xulosa
Python juda ko’p qirrali til bo’lib, undagi framework va kutubxonalar bilan istalgan ishni qilish mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bitta til hamma muammoga yechim emas.