
Windows uchun chiqargan tezkor tugmalar postimizdan so’ng, Mac foydalanuvchilarining istaklarini inobatga olib, bizning «to’polonchilar» uchun ham post qilishga kirishdik.
Ko’pchilik Mac foydalanuvchilari Command-C nusxa ko’chirish va Command-V tugmalaridan foydalanishni bilishiga ishonchimiz komil, ammo ularning hayotini ancha osonlashtiradigan boshqa foydaliroq tugmalar ham mavjud.

Mac keyboard uchun tezkor tugmalar:
Control–Shift–Power button = Displeyni uyqu rejimiga tushirish
Control-Command-Q = Ekranni qulflash
Shift-Command-C = Displeyni ishga tushirish
Command-D = Tanlangan faylni nusxalash
Shift-Command-N = Yangi fayl hosil qilish
Command–Control– ↑ = Faylni yangi ish stolida ochish
Command-Delete = Belgilangan faylni o’chirib tashlash
Shift-Command-Delete = «Korzinka» ni tozalash
Option-Command-Esc = Istalgan dasturdan chiqib ketish
Command-Z = Bitta oldingi amalga qaytarish
Shift-Command-Z = Command-Z orqali qilingan xatoni tog’irlasangiz bo’ladi
Option-Command-F = Izlash bo’limiga o’tish
Agar post siz uchun foydali bo’lgan bo’lsa, do’stlaringiz bilan ulashishni unutmang)